Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bugun, 26 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

A A A
Bugun, 26 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

25-26 oktyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

25 oktyabr kuni shimolda va cho‘l hududlarda, 26 oktyabrda respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish 26 oktyabrda sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Kiritildi: 07:05 26.10.2022. O'qildi: 2512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik