Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bu yil qancha musulmon Haj qilishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil qancha musulmon Haj qilishi ma’lum bo‘ldi

Qirollikning Haj va Umra vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Madinadagi shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti orqali 215 mingga yaqin ziyoratchi, quruqlikdagi chegara punktlari orqali esa yana 17 ming ziyoratchi yetib kelgan.

Eng ko‘p ziyoratchilar Bangladeshdan kelgan bo‘lib, ularning soni 12 ming kishini tashkil etgan. Shuningdek, Nigeriya, Hindiston, Indoneziya va Iroqdan ham ko‘plab ziyoratchilar kelgan.

171 mingga yaqin ziyoratchilar Madinani tark etib, Makkadagi muqaddas qadamjolarga yo‘l olishdi.

Shanba kuni Madinada 95 194 nafar ziyoratchi bo‘lgan. Rasmiylar kelayotgan ziyoratchilarni kutib olish uchun kecha-yu kunduz ishlamoqda, deyiladi vazirlik bayonotida. Bu yil Saudiya Arabistoni 1 million ziyoratchi uchun kvota belgilagan.

Ma’lumot uchun: joriy yil O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 unafar etib belgilandi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoni qamrab olgan pandemiya sharoiti sababli ikki yildan beri Haj ibodati cheklangan kishilarga, asosan, Saudiya Arabistonining aholisi uchungina ruxsat berilgan edi. Bu yildan boshlab barcha musulmon ahliga Islom dinining beshinchi arkonini amalga oshirish uchun izn berildi, faqatgina yosh cheklovi bor. Saudiya Arabistonining tegishli qarori bilan 65 yoshdan oshgan kishilarga hozircha Haj qilishga taqiq qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:37 27.06.2022. O'qildi: 2374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!