Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 27 fevral kuni yangi murojaat bilan chiqdi.
Bu safar u Rossiya va Ukraina tomonlarining Pripyat daryosidagi uchrashuviga izoh berdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, biror bir Ukraina fuqarosida u prezident sifatida «kichik bo‘lsada, lekin baribir imkoniyat bo‘lganida urushni to‘xtatishga harakat qilmaganiga» shubha bo‘lmasligi uchun harakat qilish zarur.
Ukraina rahbari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkodan Ukraina-Belarus chegarasidagi neytral hududda «hech qanday shartlarsiz» uchrashishni so‘raganini aytdi.
«To‘g‘risini aytsam, har doimgidek, men bu uchrashuv natijasiga ishonmayman. Lekin sinab ko‘rishsin», — dedi Zelenskiy.