Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Bu Suriya emas": Qarshidagi ayanchli ahvolga kelgan yotoqxona nega ta’mirlanmagani ma’lum bo‘ldi

"Bu Suriya emas": Qarshidagi ayanchli ahvolga kelgan yotoqxona nega ta’mirlanmagani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryoda yotoqxona xaroba ahvolga kelgani haqida xabarlar tarqaldi."Bu Suriya emas": Qarshidagi ayanchli ahvolga kelgan yotoqxona nega ta’mirlanmagani ma’lum bo‘ldi


Shundan so‘ng, viloyat hokimligi holatga izoh berdi.


Qayd etilishicha, Qarshi shahri Shodlik mahallasida joylashgan 2-sonli yotoqxona binosi 2019 yilda tadbirkor Anvar Jovliyev tomonidan sotib olingan.

Xabarga ko‘ra, bino 2019 yildan buyon 2-sonli yotoqxona emas, qonuniy tadbirkorning xususiy mulki hisoblanadi.

O‘rganishlar jarayonida bugungi kunda binodagi 64 ta xonada fuqarolar noqonuniy yashab kelayotganligi, ular turli hududlardan kelib, o‘zlari o‘zboshimchalik bilan yotoqxonaga joylashib olganligi, tadbirkor bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan ular xonalardan chiqmaganligi aniqlandi.

Tadbirkor A.Jovliyev insoniylik jihatidan ularning yashashiga ruxsat berishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Qarshi shahridagi "yotoqxona", deb aytilayotgan bino bugungi kunda haqiqatdan ham ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, tadbirkorga qarashli bo‘lganligi sababli davlat tomonidan bu yerda ta’mirlash ishlarini olib borish qonunga zid.

Bugunning o‘zida mazkur yotoqxona va uning atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilib, tartibga keltirildi.

"Ammo, bu bilan masala oxiriga yetib qolmaydi. Ya’ni, ko‘pchilik fuqarolarning o‘z yashash hududlarida ularning nomida uy-joylari mavjud. Shunday ekan, tez kunlarda kim uy-joyga muhtoj, kimning uy-joyi borligi o‘rganilib, har biri bo‘yicha oxirgi xulosalar beriladi.

Shunga qarab binoda yashab kelayotgan uy-joyi bo‘lmagan fuqarolarni kelgusida turar joylar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Tumanlardan kelib binoga joylashib olgan fuqarolar avvalgi yashash manzillariga qaytariladi. Barcha fuqarolar muammosi tegishli tartibda hal etilganidan so‘ng bino tadbirkorga bo‘shatib beriladi",
- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:01 08.12.2021. O'qildi: 5967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!