Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Bu aynan men kutgan oqshom bo‘ladi"

A A A
"Bu aynan men kutgan oqshom bo‘ladi"

Yarim yengil va yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2026 yil iyun oyida Oq uy hududida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida oktagonga chiqishini aytdi.

"Bu aynan men kutgan oqshom bo‘ladi. Qaytayotganimdan juda xursandman. Qo‘limdan nima kelishini ko‘rsatish uchun Oq uy yonidagi maysazordan ham yaxshiroq joy bo‘lishi mumkinmi? Hozirning o‘zida nihoyatda hayajondaman. Oxirigacha shunday bo‘lib qolsin", - deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi Championship Rounds.

Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Makgregorga Oq uydagi UFC turnirida jang o‘tkazishga tayyormi yoki yo‘qligi haqida javob bergandi. U Makgregorning turnirda ishtirok etishiga umid bildirgandi.

Kiritildi: 22:48 13.09.2025. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!