Belgiya polisiyasi Bryusseldagi Yevropa komissiyasi (EK)ning bir nechta ofisida tintuv o‘tkazdi. Bu harakatlar 2024 yilda ko‘chmas mulk ob’ektlarini Belgiya davlatiga sotish bilan bog‘liq tergov doirasida amalga oshirilgan.
AFP agentligi manbalariga ko‘ra, tergov Yevropa Ittifoqi hokimiyatlariga tegishli bo‘lgan 23 ta binoning 2024 yilda Belgiyaning SFPIM suveren jamg‘armasiga 900 mln yevroga sotilishi bilan bog‘liq.
Ishni Yevropa prokuratura xizmati (EPPO) olib bormoqda. Idora matbuot xizmati davom etayotgan tergov doirasida dalillar to‘plash choralari ko‘rilayotganini tasdiqlagan.
Evropa komissiyasi hozircha tintuvlar yuzasidan izoh bermagan.