Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, raketa zarbasi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va yaralangan 42 kishdan 29 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ulardan to‘qqiz nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Mintaqa rahbarining ta’kidlashicha, zarba yettita Storm Shadow raketasi bilan berilgan.
Bogomaz, shuningdek, 11 mart kuni viloyatda motam kuni deb e’lon qilinganini aytdi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi avvalroq zarba maqsadi Bryansk viloyatidagi mikroelektronika zavodi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Bryanskdagi "Kremniy El" mikroelektronika zavodi Rossiyaning "yuqori aniqlikdagi" qurollarini ishlab chiqarish zanjirining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.