Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Britaniyalik ig‘vogar islomofobga ayblov e’lon qilindi

A A A
Britaniyalik ig‘vogar islomofobga ayblov e’lon qilindi

Buyuk Britaniya sudi “Musulmonlarni jazolash kuni” nomi ostida xat tarqatgan islomofobga aylov e’lon qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda, dedi "azon.uz".

G‘arbiy Yorkshirda yashovchi 35 yoshli Devid Parnxem musulmon oilalarga va deputatlarga tahdid bitilgan xat tarqatish bilan bog‘liq jinoyatning asosiy gumondori hisoblanmoqda. U joriy yilning 3 aprelini Musulmonlarni jazolash kuni (Punish a Muslim Day) deb e’lon qilgan. Musulmonlarni jazolaganlarga 10 dan 2500 gacha, masalan, ro‘molni yulqib olganga – 25, kislota sepganga – 50, o‘ldirganga – 500 ball berilishini aytgan.

Devid Parnxemga 14 holat, jumladan, qotillikka undash bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Sud jarayoni davom etmoqda.

Kiritildi: 16:42 18.06.2018. O'qildi: 1902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik