Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniyalik erkak yo‘tali sababini bilgach, 16 kun o‘tib vafot etdi

Britaniyalik erkak yo‘tali sababini bilgach, 16 kun o‘tib vafot etdi

Britaniyalik Trevor Uokerning to‘xtovsiz yo‘tali o‘limga olib keluvchi ichak saratoni bo‘lib chiqdi, deb yozadi Daily Mirror.

Chilangar bo‘lib ishlagan erkak ikki oy davomida doimiy yo‘taldan azob chekib kelgan. 56 yoshli Uoker infeksiya yuqtirib olganini, u ko‘krak qafasiga tarqalib ketganini taxmin qilgan. Ammo shifokorlar unga ichagida shish borligini, u tezlik bilan tarqalib, o‘pkalarga o‘tganini aytgan.

Shifokorlar erkakka taxminan  3 hafta umri qolganini ma’lum qilgan. Uoker tashxis haqida xabar topganidan keyin 16 kun o‘tib, vafot etdi.

Rafiqasining aytishicha, u sog‘lom hayot tarzi olib borgan, 30 yil avval chekishni tashlagan, spirtli ichimliklar deyarli iste’mol qilmagan. Shuningdek, unda yo‘taldan boshqa hech qanday xavfli kasallik belgilari bo‘lmagan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 21:45 19.08.2019. O'qildi: 2400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!