Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Britaniyalik ayol raqs tushaman deb ikkala oyog‘ini ham sindirib oldi

A A A
Britaniyalik ayol raqs tushaman deb ikkala oyog‘ini ham sindirib oldi

Britaniyalik ayol TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi raqsni takrorlamoqchi bo‘lganida ikkala oyog‘i to‘piqlarini sindirib oldi. "Daily Mirror" xabariga ko‘ra, 27 yoshli Sapfir Charlzuort og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kelajakda jarrohlik amaliyoti talab qilinishi mumkin, ammo hozirgacha oyog‘i gips qilinib, ayolga uyiga ketishga ruxsat berilgan.

"Biz ozroq mashq qildik, oyog‘imni siljitganimda esa sirpanib ketdim. Polda yotib qoldim. Bu juda og‘ir. Og‘riq yo‘qolishini kutishga qaror qildim, ammo oxirida tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldim”, dedi Charlzuort.

Kiritildi: 20:33 20.04.2020. O'qildi: 7586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik