Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Britaniyada o‘quvchilarga o‘z dafn marosimlari mavzusida insho yozish topshirildi

Britaniyada o‘quvchilarga o‘z dafn marosimlari mavzusida insho yozish topshirildi

Buyuk Britaniyaning Lestor shahrida avliyo Pavel huzuridagi maktabning 8-sinf o‘quvchilariga o‘zlarining dafn marosimlari mavzusida insho yozish vazifasi topshirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Bolalarga ushbu marosimga oid savollar bo‘lgan anketa jo‘natilgan.

Maktab o‘quvchilariga o‘z qabrlari ustida qaysi gullarni ko‘rishni xohlashlari va dafn marosimi vaqtida qanday musiqa chalinishi kerakligi to‘g‘risidagi savollarga javob berish taklif qilingan. Qolaversa, o‘quvchilarga ular dafn etilishi kerak bo‘lgan tobut dizaynini tasvirlash taklif qilingan.

Ta’lim muassasi allaqachon uzr so‘ragan va vazifa o‘quvchilarga xatolik sabab jo‘natilganini tushuntirgan.

Kiritildi: 15:04 21.06.2020. O'qildi: 2083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!