Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning g‘alabasiga tikishlari uning demokrat raqibi Kamala Xarrisning g‘alabasiga tikilgan garovdan 2,7 baravar ko‘p . Bu haqda Daily Mail dunyodagi eng yirik BetFair bukmekerlik kompaniyasiga tayanib yozmoqda.
“Tramp AQShning navbatdagi prezidenti bo‘lish uchun unga 127 million funt sterling tikib qo‘ygan o‘yinchilar orasida yaqqol favorit bo‘lib qolmoqda. 47 million funt sterling uning raqibi Xarrisga tikilgan», - deya xabar beradi nashr.
BetFair matbuot kotibi Sem Rosbottomning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya aholisi AQShdagi saylov natijalariga jami 189 million funt sterling tikishgan.