Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Britaniyada nima uchun bir kunda ikkinchi vazir ishdan ketdi

Britaniyada  nima uchun bir kunda ikkinchi vazir ishdan ketdi

Britaniya mehnat va pensiyalar vaziri Ester Makvey Brexit bo‘yicha kelishuv tufayli o‘z iste’fosi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Kelishuv referendum natijalarini inobatga olmaydi», - deya ma’lum qildi Makvey.

Avvalroq, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish ishlari bo‘yicha vaziri Dominik Raab o‘z iste’fosi haqida xabar bergandi.

«Bugun men Brexit ishlari bo‘yicha vazir lavozimidan ketmoqdaman. Men sof vijdon bilan bizning Yevropa ittifoqiga aloqador kelishuvimiz uchun taklif etilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlay olmayman», - deya ta’kidlab o‘tdi siyosatchi.

Shuningdek, Dominik Raab iste’foga chiqqanligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Britaniya funt sterlingi qiymati keskin tushib ketdi.

 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 16:33 15.11.2018. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!