Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Britaniyada muhojirlar g‘alayon ko‘tarishdi

A A A
Britaniyada muhojirlar g‘alayon ko‘tarishdi

Britaniyada qochqinlar o‘zlari istiqomat qilayotgan vaqtinchalik hibsxonada suv va elektr ta’minoti uzilgani sababli tartibsizliklar uyushtirdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Markazda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar 4 noyabr kuni kechqurun boshlangan. Migrantlarning noroziligi munosabati bilan u yerga polisiya yetib kelgan.

“Bugun erta tongda 100 kishi markaz hovlisiga bostirib kirganidan keyin Midlseks shtatining Vest Drayton shahridagi Harmondsvort muhojirlar hibsxonasiga tartibsizlik polisiyasi yetib keldi”, — deyiladi gazeta maqolasida.

Ba’zi qochqinlar pichoq bilan qurollangan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:24 06.11.2022. O'qildi: 2415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik