Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniya Ukrainaga yana 100 ga yaqin Brimstone raketalarini yetkazib berishga va’da berdi

Britaniya Ukrainaga yana 100 ga yaqin Brimstone raketalarini yetkazib berishga va’da berdi

Buyuk Britaniya qo‘shimcha ravishda Ukrainaga yana 100 ta yuqori aniqlikdagi Brimstone raketalarini yetkazib beradi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining yangi rahbari Jon Xili Odessaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri London Kiyevga 90 ta Brimstone raketalarini, shuningdek, 250 ming o‘q-dori va 10 ta AS-90 artilleriyasini hamda ilgari yetkazib berilgan ushbu turdagi uskunalar uchun ehtiyot qismlarni topshirishga va’da berdi. Keyingi yordam paketiga shuningdek, mudofaa pozisiyalarini mustahkamlash uchun 50 ta kichik qayiq, 40 ta minadan tozalash mashinasi va 61 ta buldozer kiradi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Britaniyaning yangi bosh vaziri Kir Starmer bilan telefon orqali "misli ko‘rilmagan 100 yillik kelishuv"ni tayyorlashni muhokama qilgan edi. Bosh vazir Ukraina rahbarini Kiyevning qo‘llab-quvvatlashi o‘zgarishsiz qolishiga ishontirdi.

Kiritildi: 22:38 07.07.2024. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!