Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Britaniya razvedkasi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan hisobot berdi

Britaniya razvedkasi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan hisobot berdi

Buyuk Britaniya razvedka hizmati Ukrainadagi ayni vaqtdagi vaziyat haqida hisobot taqdim etdi.

— Xersondagi Rossiya tomonidan o‘rnatilgan harbiy-fuqarolik ma’muriyati Rossiyadan Xerson viloyatini Rossiya Federasiyasi tarkibiga kiritishni so‘rashini e’lon qildi;

Rossiyaning dastlabki rejasining muhim qismi Ukrainaning aksar viloyatlarini uzoq muddatli rossiyaparast boshqaruv ostida joylashtirish uchun soxta referendumlardan foydalanish edi;

Rossiya faqat Xersonda rossiyaparast mahalliy rahbarlikni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganligi, Rossiya bosqinining Ukrainadagi siyosiy maqsadlari sari olg‘a siljishga qodir emasligini ko‘rsatadi;

— Agar Rossiya Xersonga qo‘shilish uchun referendum o‘tkazsa, u Ukrainadan chiqish tarafdori bo‘lgan aniq ko‘pchilikni ko‘rsatish uchun natijalarni manipulyasiya qiladi. Xerson viloyati fuqarolari Rossiya bosqinchiligidan noroziligini namoyish etishda davom etadi.

Kiritildi: 14:25 14.05.2022. O'qildi: 4098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!