Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Britaniya qirolning Tramp bilan uchrashuvi OAVsiz o‘tishini talab qildi

Britaniya qirolning Tramp bilan uchrashuvi OAVsiz o‘tishini talab qildi

London qirol Charlz III va Donald Trampning Vashingtondagi uchrashuvida kameralar bo‘lmasligini qat’iy talab qildi.

Guardian nashrining xabar berishicha, bunga 2025 yil fevral oyida Trampning jurnalistlar oldida Vladimir Zelenskiyga tanbeh bergani bilan bog‘liq voqea takrorlanishidan xavotirlanish sabab bo‘lgan.

Rejaga ko‘ra, qirol uchrashuv boshida Tramp bilan suratga tushadi, biroq asosiy muloqot va muhokamalar jarayonida tasvirga olishga ruxsat berilmaydi. Britaniya tomoni shu yo‘l bilan qirolni noqulay vaziyatlardan himoya qilmoqchi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 16:29. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!