Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya qirolichasi mukofot olishdan bosh tortdi

Britaniya qirolichasi mukofot olishdan bosh tortdi

Ma’lum bo‘lishicha, 95 yoshli qirolicha hali unchalik qari emasligini, shu sababli mukofot mezonlariga mos kelmasligini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, mazkur mukofot jamiyat hayotiga alohida hissa qo‘shgan keksa avlod vakillarining yutuqlari uchun beriladi. Yelizaveta II mukofotdan bosh tortganiga qaramay, tashkilotchilarga eng yaxshi tilaklarini bildirishini ta’kidlagan.

Aytilishicha, mukofotni topshiradigan komissiya raisi Giles Brandret qirolichadan mukofotni qabul qilish uchun o‘z qabuliga kiritishni so‘ragan. Ammo Yelizaveta II bu taklifni rad etgan. Mukofot 29 yil oldin ta’sis etilgan bo‘lib, u oldin Nobel mukofoti sovrindorlari, tibbiyot hamshiralari va faxriy sportchilar va boshqalarga berilgan.

Kiritildi: 00:22 20.10.2021. O'qildi: 1931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!