Britaniya Mudofaa vazirligi havo hujumlari kamaygani, ammo Rossiya hali ham oldinga siljiyotgani haqida xabar berdi deb yozmoqda BBC news.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukrainaga oldingi kunlarga qaraganda kamroq artilleriya va havo zarbalari berilgan.
Biroq, Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari mamlakat janubidagi Nikolayev port shahri tomon oldinga siljishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya armiyasining bir qismi Odessa tomon yurish uchun Nikolayevni chetlab o‘tishga harakat qiladi.
Ukraina Xarkov, Chernigov va Mariupolni o‘zida ushlab turishda davom etmoqda, Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahrida ko‘cha janglari haqida xabarlar bor.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan bu to‘rtta shahar ham Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘rab olingan.