Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya Livandan fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Britaniya Livandan fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Britaniya hukumati o‘z fuqarolarini Livandan evakuasiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu mavzu favqulodda hukumat qo‘mitasining yig‘ilishida muhokama qilingan.

Nashrning ta’kidlashicha, TIV hozirda britaniyaliklarni evakuasiya qilish uchun samolyot ijaraga olishni, kerak bo‘lsa, Qirollik dengiz flotining ikkita kemasini ham jalb qilishni rejalashtirmoqda. Hozircha evakuasiya qilish uchun harbiy transport samolyotlaridan foydalanish rejalashtirilmagan, biroq Mudofaa vazirligi zarur bo‘linmalarni shay holatga keltirgan.

Diplomatik xizmat Livandagi Britaniya fuqarolariga hozir ham ishlayotgan tijoriy reyslardan foydalangan holda mamlakatni kechiktirmasdan tark etishni tavsiya qiladi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!