Britaniya rasmiylari Britaniya dengiz flotiga tegishli uchuvchisiz yer usti transport vositalariga o‘rnatilgan kameralar Xitoydagi IP-manzilga texnik ma’lumotlarni uzatayotganini aniqladilar.
Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, gap Britaniya mudofaa pudratchisi Kraken Technology Group tomonidan yetkazib berilgan K3 Scout dronlari haqida ketmoqda. Dronlar uchun kameralar ilgari uskunaning xavfsizligini kafolatlagan uchinchi tomon kompaniyasidan sotib olingan.
Kameralarda Xitoyda ishlab chiqarilgan komponentlar borligi aniqlandi. Tergov shuni ko‘rsatdiki, qurilmalar Xitoyga tizim holati signallarini - uskunaning tarmoqqa ulanishi va uning funksiyalari haqidagi texnik ma’lumotlarni uzatayotgan edi.
Ma’lumotlar uzatilishini aniqlagandan so‘ng, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi dronlarni internetdan uzib qo‘ydi.
Vazirlik vakili tergov davomida xorijga maxfiy yoki muhim ma’lumotlarning chiqib ketganiga oid hech qanday dalil topilmaganini aytdi.