Buyuk Britaniya hukumati mahkumlarni jazoni o‘tash uchun Estoniyaga jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda . Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi .
U hukumatdagi manbalarga tayanib, Buyuk Britaniya qamoqxonalar tizimidagi qiyin vaziyatni hisobga olgan holda bunday variantlar ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi. Britaniya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Angliya va Uelsdagi erkaklar qamoqxonalarida bor-yo‘g‘i 83 ta joy bo‘sh qolgan.