Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi mamlakat Qurolli Kuchlari uchun dronlarni rivojlantirishga kelgusi to‘rt yil ichida rekord darajadagi 6,6 milliard dollar mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Britaniya hukumati.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ yaqin 10 yilga mo‘ljallangan mudofaa investisiyalari rejasidan joy oladi.
30 iyun kuni Kir Starmer mudofaa sohasiga investisiya kiritish rejasini taqdim etadi va harbiy xarajatlarni oshirish chora-tadbirlarini e’lon qiladi, deyiladi bayonotda.