Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2022 yilning 30 iyul kuni uylanadigan bo‘ldi. To‘yga taklifnomalar juftlikning barcha yaqinlariga tarqatilmoqda.
The Sun gazetasining ma’lumotiga ko‘ra, tadbirning qayerda bo‘lishi sir tutilmoqda ekan.
Jonson va Saymonds 2020 yilning fevral oyida nikohdan o‘tgan edi.
56 yoshli kuyov, hamda uning 33 yoshli rafiqasi hozirda Dauning streetda birga yashab kelishmoqda. Ularning Uilfred Lori Nikolas ismli farzandlari ham bor.
Saymonds siyosatchining uchinchi rafiqasidir. O‘zining avvalgi xotini Marina Uilerdan Jonsonning to‘rt nafar farzandi bor. Juftlik 25 yil birga yashab 2018 yilda ajrashishga qaror qilgan.