Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

«Breksit»dan so‘ng birinchi marta Britaniya bosh vaziri YEI sammitida qatnashdi

«Breksit»dan so‘ng birinchi marta Britaniya bosh vaziri YEI sammitida qatnashdi

Evropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuviga kutilmaganda Kir Starmer tashrif buyurdi. Bu haqda BILD xabar berdi.

Britaniya bosh vaziri mudofaa masalalarida hamkorlik o‘rnatmoqda.

«Biz NATOni qo‘llab-quvvatlash uchun YEI va Buyuk Britaniya o‘rtasida olamshumul sheriklikka asos solmoqchimiz», — deb bayonot berdi Starmer.

Evropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning aytishicha, may oyida Buyuk Britaniyada qo‘shma sammit o‘tkazilib, Putinning tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoyalanish muhokama qilinadi. Starmer ham Yevropa Rossiya tomonidan bo‘ladigan qo‘poruvchiliklardan himoyalanishi shart deb hisoblaydi.

Kiritildi: 14:34 05.02.2025. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!