Aktyor o‘z mol-mulkini qanday tasarruf etishini ma’lum qildi. “Radar online” xabariga ko‘ra, 54 yoshli yulduz barcha merosini Anjelina Joli aralasha olmaydigan qilib bolalariga qoldirmoqchi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pitt 250 million dollarlik ishonchli jamg‘arma tashkil etishni rejalashtirgan, bu pullar oltita farzandiga teng taqsimlanadi. Paks, Meddoks, Shaylo, Zaxara, Noks va Vivyen aktyor o‘lganidan keyin pulga egalik qilishadi.