Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Braziliyadagi aviahalokatda taniqli jurnalist halok bo‘ldi

Braziliyadagi aviahalokatda taniqli jurnalist halok bo‘ldi

11 fevralda Braziliyaning San-Paulu shahrida mamlakatdagi taniqli jurnalist va boshlovchi Rikardo Boyexat aviahalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Globo kanalining ma’lum qilishicha, 66 yoshli boshlovchi shahar chekkasidagi shossega qulagan kichik vertolyot bortida bo‘lgan. Vertolyot qulashi vaqtida shosse bo‘ylab ketayotgan yuk mashinasiga tegib ketgan. Voqea joyida yong‘in boshlangan. Boyexat bilan birga uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Boyexat Jornal da Band teledasturi va BandNews FM radiosida boshlovchi, IstoE jurnalida sharhlovchi bo‘lgan. U shuningdek O Globo, O Dia, O Estado de Sao Paulo, Jornal de Brasil gazetalarida ishlagan. 1990-yillarda Globo telekanalida ko‘rsatuv olib borgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:45 12.02.2019. O'qildi: 1443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!