Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakatda virtual kazinolar va pul tikiladigan onlayn o‘yinlar butkul taqiqlanishini e’lon qildi.
«Bu saratonga o‘xshaydi: o‘simtani yo‘q qilasan yoki o‘simta seni o‘ldiradi», — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi G1 portali.
Ushbu chora prezidentlik saylovlari oldidan joriy etildi. Saylovning birinchi turi 4 oktyabrga belgilangan.
«Biz jamoat salomatligi sohasida onlayn pul tikish bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch keldik. Bu jiddiy muammo», — dedi moliya vaziri Dario Durigan.
Uning ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini yechib olishlari uchun bukmekerlik kompaniyalarining saytlari 5 oktyabrgacha ochiq bo‘ladi. 6 oktyabrdan boshlab esa ilovalar do‘konlari va internet-provayderlar ushbu saytlarni bloklashi shart.