“Globo” portalining xabar berishicha, Braziliyadagi Osvald Krus nomidagi institutning respirator viruslar va qizamiq laboratoriyasi mudiri Miralda Sikeyra mamlakatda cho‘chqa grippining yangi shtammi paydo bo‘lganligini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rganilgan namunalarda A / H1N2 grippining boshqa viruslaridan farq qiluvchi genetik konfigurasiyalar topilgan.
Sikeyraning ta’kidlashicha, virus paydo bo‘lganidan beri (2005 yildan beri) A / H1N2 grippining 25 turi aniqlangan.
"Ammo Ibiporanda topilgan namuna dunyoda ilgari aniqlangan barcha ko‘rinishlardan farq qiladi", deya qo‘shimcha qiladi u.