Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Braziliya Tramp administrasiyasining ikki vakiliga viza berishni rad etdi

Braziliya Tramp administrasiyasining ikki vakiliga viza berishni rad etdi

Braziliya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp administrasiyasining ikki vakili uchun berilgan viza so‘rovlarini rad etdi.

Braziliya rasmiylari tomonidan viza berilishi rad etilgan delegasiya tarkibiga AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha yordamchisi Rayli Barns hamda Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Semyuel Samson kiritilgan.

Braziliyalik mulozimlar viza berishni rad etish sababini Amerika administrasiyasi vakillarining Braziliya saylov tizimining ishonchliligini so‘roq ostiga olish va oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazish niyati bilan izohlashdi.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!