Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Braziliya termasining sobiq futbolchisi qo‘lga olindi

Braziliya termasining sobiq futbolchisi qo‘lga olindi

Braziliya ayollar terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Gabi Morais uyushgan jinoiy guruh faoliyati bilan bog‘liq keng ko‘lamli polisiya operasiyasi davomida qo‘lga olindi.

Derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, 32 yoshli sobiq futbolchi giyohvand moddalar savdosidan olingan noqonuniy daromadlarni turli tijorat korxonalari va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar orqali qonuniylashtirishda gumon qilinmoqda.

Polisiya amaliyoti Braziliyadagi eng yirik jinoiy tashkilotlardan biri hisoblangan "Komando Vermelyo" guruhiga qarshi qaratilgan.

Mazkur operasiya doirasida Gabining akasi Joao Paulo Karneyro de Morais ham hibsga olingan. Ular mahalliy OAV tomonidan "Komando Vermelyo" tuzilmasidagi nufuzli shaxslardan biri sifatida tilga olinadigan Joao Prezinyaning farzandlari hisoblanadi.

Tergov Braziliyaning Fortaleza shahrida faoliyat yuritgan jinoiy tarmoqqa aloqadorlikda gumon qilinayotgan o‘nlab shaxslarni qamrab olgan. Gabi Morais ham aynan shu shaharda tug‘ilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, sobiq futbolchi jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘larni yuvishda ishtirok etgan va guruh manfaatlari yo‘lida yangi tijorat kelishuvlari bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Kiritildi: 11:29 20.11.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik