Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruga Brazilia shahridagi klinikalardan birining jonlantirish bo‘limida davolanayotgan vaqtida o‘tkir ichak tutilishi tashxisi qo‘yildi.
CNN Brasil nashri xabar berishicha, bu haqda tibbiyot muassasasi tarqatgan tibbiy ma’lumotnomada aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, sobiq davlat rahbarining ahvoli klinik jihatdan barqaror deb baholanmoqda. Bolsonaru dori-darmonlar bilan davolanishni va zarur tibbiy yordamni olishda davom etmoqda.
Shifokorlar ko‘rsatmasiga binoan, sobiq prezident vaqtincha ovqatlanishdan tiyilmoqda.
Uning shifoxonadan qachon chiqarilishi hozircha ma’lum emas.