Braziliyada prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva va sobiq prezident Jair Bolsonaroning o‘g‘li Flavio Bolsonaro g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizlik chegaradan o‘ta olmadi. Shu bois saylov natijasi ikkinchi turda aniqlanadi.
Ovozlarning 90,14 foizi hisoblab bo‘lingan paytda Flavio Bolsonaro 48,05 foiz, Lula esa 43,96 foiz ovoz to‘plagan. Ovozlarni sanash jarayoni davomida ikki nomzod o‘rtasidagi farq asta-sekin qisqargan.
Datafolha instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, saylov ikkinchi turga qoladi.