Braziliya, Meksika va Ispaniya oroldagi gumanitar vaziyatni yumshatish uchun Kubaga ko‘rsatilayotgan muvofiqlashtirilgan yordamni ko‘paytirishga kelishib oldilar.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uch davlatning qo‘shma bayonotiga ko‘ra, tomonlar BMT Nizomiga muvofiq samimiy muloqotni qo‘llab-quvvatladilar va Kuba xalqi o‘z kelajagini o‘zi belgilashga qodir bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar.
Bayonot Barselonada Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches tomonidan tashkil etilgan va Braziliya Prezidenti Luis Inasio Lula da Silva va Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum ishtirok etgan xalqaro sammitdan so‘ng e’lon qilindi. Uchrashuv o‘ng qanot kuchlarga qarshi sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan edi.