Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

BRAYL yozuvidagi xaritalar tayyorlandi

A A A
BRAYL yozuvidagi xaritalar tayyorlandi

Respublikamizda 65 mingdan ortiq ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar istiqomat qiladi. Bugungi kunda ular ta’lim olishlari uchun ko‘plab adabiyotlar BRAYL yozuviga o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan  qo‘mita tizimidagi “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent viloyatining BRAYL yozuvidagi dastlabki xaritasini tayyorlashdi.

BRAYL yozuvidagi ushbu xaritalar orqali O‘zbekiston Respublikasi va uning hududiy bo‘linishi, hayvonot va o‘simlik dunyosi hamda qit’a va okeanlarning joylashuvi to‘g‘risida qisman ma’lumotlar hamda maxsus o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga geografiya fanini mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bugungi kunda “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan BRAYL yozuvidagi turli ko‘rinish va mavzudagi kartografik mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik liniyani ishga tushirish hamda ushbu mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Kiritildi: 19:55 02.03.2020. O'qildi: 7220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik