Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Boysunda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi

A A A
Boysunda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi

Joriy yilning 21 aprel kuni soat 02:00larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Temirdarvoza mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1334-km.da, haydovchi 1997 y.t. S.P. “Neksiya” rusumli transport vositasida “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘zidan oldinroqda yo‘lda bir necha bosh qo‘ylarni haydab ketayotgan piyoda 1992 y.t. A.Q. va unga tegishli bo‘lgan 21 (yigirma bir) bosh qo‘ylarni hamda 10 (o‘n) bosh qo‘zilarini urib yuborib YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 12:44 22.04.2020. O'qildi: 2958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik