Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Boshlandi: Xitoy AQShga qarshi "urush ochdi"

Boshlandi: Xitoy AQShga qarshi "urush ochdi"

Xitoy kompaniyalari Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi. Xitoy tomoni bu qarorga kelishi AQSh tomonidan avval erishilgan kelishuvlarga amal qilmasligi sabab bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

AQSh prezidenti Donald Tramp bundan avval 1 sentyabrda Xitoy tovarlari uchun 10 foizli bojni kiritish istagi borligini ma’lum qilgandi. Tramp AQSh vakillari 30-31 iyul kuni Xitoyda o‘tkazilgan savdo muzokaralardan qaytganidan keyin bu qarorga keldi.

“Xitoy Davlat kengashi tariflar bo‘yicha qo‘mitasi AQShdan 3 avgustdan so‘ng xarid qilingan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga oshirilgan import bojlarini bekor qilmaydi. Xitoyning tegishli korxonalari Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi”, - deyilgan xabarda.

Xitoy savdo idorasida Xitoy umumiy xajmi 300 milliard dollarlik tovarlarga qo‘shimcha 10 foiz bojlarni kiritish haqida qarori – Osakada ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvni jiddiy buzilishi deb ta’kidlandi.  

Iyul oyi boshida Tramp Xitoy AQSh va’da qilinganidek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olmayotganini aytdi. Savdo nomutanosibligini kamaytirish maqsadida Xitoy Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va energiya manbalarini faol ravishda oshirishga tayyorligini bildirgandi.

 

Kiritildi: 14:28 06.08.2019. O'qildi: 6080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!