Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bosh vazirning xotini firibgarlikda ayblanmoqda

A A A
Bosh vazirning xotini firibgarlikda ayblanmoqda

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanhuning turmush o‘rtog‘i Saraga 21 iyun kuni firibgarlik bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi.

Sara Netanyahu davlat mablag‘laridan noqonuniy ravishda foydalanishda ayblanmoqda. Adliya vazirligining bildirishicha, gap qariyb 100 ming dollar haqida bormoqda.

Bosh vazir qarorgohida doimiy ravishda oshpaz ishlasa-da, Sara Netanyahu qimmat restoranlarga taom buyurtma bergan. Taomlarning puli esa davlat g‘aznasidan to‘langan. Bundan tashqari, Netanyahular oilasining xususiy villasida elektrchi xizmati va Saraning keksa otasini parvarishlovchi uchun ham pullar davlat hisobidan to‘langani aytilmoqda.

Bosh vazirning oilasi ayblovni bema’ni deb atadi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:29 22.06.2018. O'qildi: 2056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik