Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bosh prokuror o‘zboshimchalik qilgani uchun lavozimidan ozod etildi​

Bosh prokuror o‘zboshimchalik qilgani uchun lavozimidan ozod etildi​

Mamlakat prezidenti Donald Tramp AQSh adliya vaziri, mamlakat bosh prokurori Jeff Seshnsni o‘z vazifasidan ozod etdi. Bu haqda “euronews“ 8 noyabr kuni xabar tarqatmoqda. 

Jeff Seshnsni vazifasidan chetlashtirilishi kutilmagan holat deb baholanmadi. So‘nggi vaqtlar oralig‘ida Tramp sobiq bosh prokuror faoliyatini bir necha bor tanqid qilgan edi. Mamlakat Kongressidagi oraliq saylovlarda o‘tkazilgan matbuot anjumanlarda Tramp rahbariyatdagi kadrlar masalasida o‘zgartirishlar kiritishini aytib o‘tgan edi. 

Mamlakat rahbari Seshnsn faoliyatida o‘zboshimchalikni qayd etdi. Xususan, “Rashageyt”ga oid tergov jarayonlarini o‘z mas’uliyatidan soqit etib, mamlakat bosh prokuror o‘rinbosari Rod Rozenstayn va maxsus prokuror Robert Myullerga topshirganini ushbu qarorning asosiy sababi deb keltirgan.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 15:55 08.11.2018. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!