Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson BBC'ga bergan intervyusida Ukraina g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi.
"Menimcha, bu oson bo‘lmaydi", —deya qo‘shimcha qildi Jonson. "Qaysidir ma’noda, Putin allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchragan va mag‘lub bo‘lgan, chunki u ukrainaliklar hozir ko‘rsatayotgan qarshilikka ko‘tarilishini tasavvur ham qilmagan edi. U Ukraina nima ekanligini butunlay noto‘g‘ri tushundi. Putin Ukrainani millat sifatida yo‘q qilmadi, aksincha, mustahkamladi. U Ukrainani bo‘ysundira olmaydi. Putin bu ma’noda g‘alaba qozona olmaydi".
Jonson, shuningdek, Putin tinchlikni xohlaydimi, degan savolga ijobiy javob bera olmasligini aytdi.
"Menimcha, u ikki barobar kuchayib, Ukrainaning milliondan ortiq aholiga ega shaharlariga har doimgidek tahdid solishga qaror qildi va menimcha, bu fojiali xato", dedi u.