Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bomba! Nissan Ariya Single Seater poyga elektromobilini namoyish etdi (VIDEO)

Bomba! Nissan Ariya Single Seater poyga elektromobilini namoyish etdi (VIDEO)

Nissan kompaniyasi Ariya elektrokross uslubidagi bir o‘rindiqli Ariya Single Ceater elektr poyga avtomobilini taqdim etdi. Hozircha faqat virtual makonda mavjud bo‘lgan loyiha to‘liq elektr Nissan Ariya quvvat stansiyasidan poyga modelida foydalanishni koʻrsatish uchun yaratilgan.

Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi matbuot xizmatining malum qilishicha Ariya Single Seater ko‘rinishidan “xuddi havo oqimidan hosil bo‘lgan”ga o‘xshaydi. Old tomonda Nissan ishlab chiqargan avtomobillarining zamonaviy uslublarini eslatuvchi V shaklidagi belgidan foydalanilgan. Tashqi panellar uglerod tolasidan ishlangan.

Tommaso Volpe, Nissan Motor avtosport bo‘limi rahbari:

Nissan Ariya Single Seater konsepti o‘zida to‘liq elektr quvvati, ikkita elektromotor va Ariya to‘liq uzatmali tizimini poyga shassisi bilan birlashtiradi. Bu elektr transport vositalari qanchalik tezkor bo‘lishining yaqqol namoyishidir.

Nissan hech qanday texnik xususiyatlarni oshkor qilmadi. Nissan Ariya'dagi ikkita elektr motor 394 ot kuchiga ega ekanligi hozircha yagona malumot bo‘lib turibdi.

Yaponiya kompaniyasi Ariya Single Seater istiqbollari haqida hech narsa demadi: uning to‘liq o‘lchamli prototipini yaratish rejalashtirilganmi yoki yo‘qligi nomalum.

Eslatib o‘tamiz, Nissan sof elektromobillardan foydalanadigan Formula E poyga seriyasining a’zosi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:48 02.12.2021. O'qildi: 2628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!