Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bolton Eronga qarshi sanksiyalar yanada qat’iylashtirilishini ma’lum qildi

Bolton Eronga qarshi sanksiyalar yanada qat’iylashtirilishini ma’lum qildi

AQSh Tehronga qarshi sanksiyalarni yanada qat’iylashtirmoqchi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Eronning neft savdosi va bank ishi bo‘yicha taqiqlovlarni cheklab o‘tishga urinishlariga izoh berish vaqtida ma’lum qildi. 

“Biz boshidan Eron nefti eksportini yo‘qqa chiqarish va ularga juda kuchli bosim o‘tkazishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Britaniyaliklar aytadigandek, “Chiyillab yubormagunlarigacha, ularni ezg‘ilang”, deb aytgan Bolton.

AQSh bir nechta davlatga Eron neftini sotib olishga vaqtinchalik ruxsat berdi. Bu davlatlar qatoridan Xitoy, Tayvan, Hindiston, Gresiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya va Janubiy Koreya o‘rin olgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 22:52 14.11.2018. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!