Boliviyaning sobiq prezidenti Luis Arse jinoyatchilikka qarshi maxsus kuch xodimlari tomonidan hibsga olindi.
Bu haqda prezidentning sobiq vaziri Mariya Nela Prada Facebook’dagi jonli efirda ma’lum qildi.
"Men Boliviya xalqi va xalqaro hamjamiyatga sobiq prezident Luis Arse Katasora hozirgina La-Pasning Sokopacha mahallasida hibsga olingani haqida xabar bermoqchiman. Men hozir jinoyatga qarshi maxsus kuchga ketyapman, u yerdan norasmiy kanallar orqali uning olib ketilganini bildik", dedi u.
Batafsil ma’lumotlar hozircha ma’lum emas. Arse 2020 yilning noyabridan 2025 yilning 8 noyabriga qadar Boliviya prezidenti lavozimida ishlagan.