Boliviyaning Viacha shahridagi harbiy texnika ta’mirlash markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va 59 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Unitel televideniyesi polisiyaga tayanib xabar berdi.
"Ikki kishi halok bo‘ldi, yetti kishi bedarak yo‘qoldi va 59 kishi jarohat oldi", deb telekanal o‘z veb-saytida polisiya qo‘mondoni o‘rinbosari Rojer Rokaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Boliviya mudofaa vaziri Ernesto Justinianoning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning olti nafari harbiy xizmatchilar, qolganlari esa tinch aholi vakillari. Qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash "pirotexnika materiallari" saqlanadigan sektorda sodir bo‘lgan.
Portlash yaqin atrofdagi uylarga ham zarar yetkazgan.