Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Boliviya poytaxti aholisi COVID-19 sabab badbo‘y hid ichida qoldi

Boliviya poytaxti aholisi COVID-19 sabab badbo‘y hid ichida qoldi

Boliviya poytaxti La-Pas qalin tutun bilan qoplandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tutun COVID-19dan vafot etganlarning jasadlari yoqiladigan krematoriyalardan chiqmoqda.

Qayd etilishicha, shaharda havo sifati sezilarli darajada yomonlashgan.

Nafas qisilishidan shikoyat qilayotgan aholi endilikda hokimiyatdan krematoriyani boshqa joyga ko‘chirishni so‘ramoqda.

Ta’kidlab o‘tamiz, Boliviyada pandemiya boshlangandan beri 35 mingdan ortiq infeksiya holatlari qayd etilgan. Mingdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan.

«Bu tutun juda ham yomon hidga ega. Kullarning hammasi uylarimiz ustiga tushadi, shamol esa uni hamma joyda ko‘taradi. Hokimiyatdan krematoriyani uy-joydan uzoqlashtirishni so‘raymiz», deydi La-Pasda yashovchisi Antonio Chukimia.

Kiritildi: 21:37 04.07.2020. O'qildi: 3151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!