Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Bolgariya Ukraina elchisini chaqirtirdi

Bolgariya Ukraina elchisini chaqirtirdi

Bunga sabab sifatida mamlakat hududiga dron uchib kirib portlab ketgani ko‘rsatilmoqda

​Ukrainaning Sofiyadagi elchisi Olesya Ilashchuk 8 avgust kuni sodir bo‘lgan dron bilan bog‘liq hodisa sababli Bolgariya TIVga chaqirtirildi. Ma’lum qilinishicha, suhbat dushanba, 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

​Bir kun avval Bolgariya rasmiylari 8 avgust ertalab qo‘shni Ruminiyadan mamlakatga uchib kirgan dron Transbolqon gaz quvuri yaqinida portlab ketganini ma’lum qilgan edi.

​Ukraina TIV matbuot kotibi Georgiy Tixiy Kiyev holatga aniqlik kiritish uchun Bolgariya tomoni bilan yaqindan aloqada ekanini aytdi. U Ukraina Mudofaa kuchlari "Bolgariya tomonga ataylab hech qanday vositalarni yubormaganini" ta’kidladi.

Avvalroq, Bolgariya Mudofaa vazirligi qulagan dron parchalarining dastlabki tahliliga tayanib, bu katta ehtimol bilan "Mayya" deb nomlanuvchi chalg‘ituvchi dron ekanini ma’lum qildi.

"Ushbu turdagi dronlar Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan keng qo‘llaniladi", — deyiladi idora bayonotida.

Kiritildi: Bugun 12:43. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!