Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bolasini sotayotganda ushlangan samarqandlik ayolga bolasi nega qaytarib berildi?

Bolasini sotayotganda ushlangan samarqandlik ayolga bolasi nega qaytarib berildi?

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura departamenti xodimlari tomonidan 5 mln. so‘mga o‘z farzandini sotayotgan vaqtida ushlangan 38 yoshli ayolni Xotin qizlar qo‘mitasi kafillikka olgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Konimex tuman bo‘limi xodimlari va Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilayotgan tezkor tadbir davomida, tadbirga shartli xaridor sifatida jalb qilingan ayolga, Almamatova Feruza Absamiyevna o‘z farzandini 5 mln. so‘m evaziga sotgan edi.

U o‘z farzandini sotishi sababi sifatida tug‘iladigan bolasini boqa olmasligini, turmush o‘rtog‘i yoshi katta ekanligini, bolasini voyaga yetkazish uchun turmush o‘rtog‘ini umri yetmasligini, bolani bir o‘zi katta qila olmasligini, shuning uchun bolasini sotishga majbur bo‘lganini aytgan.

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat ortidan, Karmana tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Shermatova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismining“a” bandi bilan sudlanayotgan Almamatova Feruza Absamiyevnaga nisbatan Sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida uni to‘liq nazorat qilib, ish bilan ta’minlab, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratib berishini bildirib, bu haqda kafolat xati taqdim qilgani aytildi.

Sudlanuvchi Almamatova Feruza Absamiyevna O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining“a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 135-moddasi3-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 (to‘rt) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi va unga sutkaning kech soat 22:00dan ertalab soat 06:00ga qadar yashash joyidan chiqishi cheklandi.

Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida saqlanayotgan 2019 yil 4 mart kuni tug‘ilgan G‘. M. K. hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng onasi Almamatova Feruza Absamiyevnaga qaytarildi.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Farzandi o‘ziga qaytarilgan F. Almamatova yana jigarbandini sotib yubormasligiga kim ishonadi. Kafillikka olgan Xotin-qizlar qo‘mitasi Samarqandda IIB xodimi tomonidan yechintirilgan o‘g‘ri ayolni ham kafillikka olgan va hech qancha vaqt o‘tmasdan u ayol o‘g‘irlikda ayblanib qamalib ketgandi.

Xulosa o‘zingizdan, biz faqat hammasi yaxshilik bilan tugashi tarafdorimiz.

Kiritildi: 11:37 10.06.2019. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!