11 sentyabrdagi O‘RQ–1174-son Qonun bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yangi javobgarlik choralari belgilandi.
Ta’lim tashkilotida bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, kamsitish yoki xo‘rlash sodir etgan mas’ul shaxsga 1–5 BHM miqdorida jarima solinadi.
Bunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar 1 yil davomida maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va bolalarga qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.
Shuningdek, davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotidagi bolalar uchun aliment to‘lashdan ota-onani ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.