Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bolalar tagliklari qanday paydo bo‘lgan?

A A A
Bolalar tagliklari qanday paydo bo‘lgan?

1965 yil 27 aprel bolalar tagliklarining tug‘ilgan kuni hisoblanadi, chunki o‘sha kuni AQShda "Pampers" tagliklari patentlangan. Ularning ixtirochisi amerikalik kimyogar, "Procter& Gamble" kompaniyasining yetakchi texnologi, shuningdek, uchta nabiraning bobosi Viktor Millz edi. Tagliklarning yaratilish tarixi ancha oldinroq, Millz nevaralariga qarashga majbur bo‘lgan paytda boshlangan. Chaqaloqlarning oddiy tagliklarini almashtirishda noqulayliklar duch kelavergach, u tagliklarni yuvish emas, balki tashlab yuborish kerak degan qarorga kelgan. Millz tez va qiyinchiliksiz o‘zgartirish, so‘ngra shunchaki tashlab yuborish mumkin bo‘lgan, shuningdek, suyuqlikni o‘ziga yaxshi singdiradigan va bolaning harakatlarini cheklamaydigan materialdan tayyorlangan bir martalik taglik yaratish kerakligini tushungan.

Kiritildi: 22:37 29.06.2021. O'qildi: 4473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik