Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bolalar ombudsmani Navoiyda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi bo‘yicha izoh berdi

Bolalar ombudsmani Navoiyda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi bo‘yicha izoh berdi

Navoiyda bir necha kishi voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgandi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha bolalar Ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan N.J.ga nisbatan joriy yilning 14 may kuni qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ish yuzasidan bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda va bola manfaatlari nuqtayi nazaridan ishning sudda ko‘rilishida ham o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

“Mazkur ish jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor etilishi, shu jumladan, OAVda keng yoritilishi bola manfaatlariga muvofiq emas”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:15 08.07.2024. O'qildi: 2798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!